Sherzod Namozov ikki karra, Husniddin Norbekov esa uch karra Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻldi
Foto: Paralimpiya qo‘mitasi
Parij shahrida boʻlib oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlari Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari uchun birmuncha omadli davom etmoqda. Jumladan, dzyudochi Sherzod Namozov ikki karra, yengil atletikachi Husniddin Norbekov esa uch karra Paralimpiada chempioniga aylandi.
5-sentyabr kuni erkaklar oʻrtasida J2 klassida dzyudo boʻyicha -60 kg vazn toifasida final bahsi boʻlib oʻtdi. Oltin medal uchun kechgan kurashda oʻzbekistonlik Sherzod Namozov gruziyalik Zurab Zurabianiga qarshi tatamiga chiqdi va gʻalabaga erishib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
U bu orqali ikki karra Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi boʻldi. Sportchi 2016-yilgi Paralimpiya oʻyinlarida ham chempion boʻlgandi.
Shuningdek, 6-sentyabrga oʻtar kechasi para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasida qatnashgan Husniddin Norbekov ikkinchi urinishda 16,82 metr natija qayd etib, Paralimpiya oʻyinlari rekordini yangiladi. Shu tariqa bu yoʻnalishdagi oltin medal oʻzbekistonlik rekordchiga nasib qildi.
Bundan avvalgi rekordni 2008-yil Pekinda boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida xitoylik Guo Vey 16.22 metr natija bilan qayd etgan.
Maʼlumot uchun, Norbekov bunga qadar Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ham oltin medalni qoʻlga kiritgan. Unda, shuningdek, bitta “bronza” ham bor.

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 17 taga (8 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza) yetdi va delegatsiya medallar jadvalida umumjamoa hisobida 12-oʻrinda joylashgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring