Sherzod Asadov Soliq qoʻmitasining yangi media studiyasi bilan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – Prezident matbuot kotibi kotibi Sherzod Asadov bugun, 16-dekabr kuni Soliq qoʻmitasining yangi media studiyasi faoliyati bilan tanishganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, tashrif davomida Soliq qoʻmitasi raisi Farrux Poʻlatov va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi — matbuot kotibi Toʻra Toʻrayev bilan birgalikda studiyaning texnik imkoniyatlari va 2026-yilga moʻljallangan loyihalari haqida batafsil maʼlumot berilgan.
Prezident matbuot kotibi soliq siyosatini keng jamoatchilikka samarali va tushunarli yetkazishda media makonida proaktiv ishlash muhimligini taʼkidlagan. Shuningdek, aholi va tadbirkorlar bilan yanada taʼsirchan ishlash uchun zamonaviy kommunikatsiya shakllaridan, raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanish zarurligini qayd etgan.
“Bu borada Soliq qoʻmitasi jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasiga muvaffaqiyatlar tilayman”, deb yozadi Sherzod Asadov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring