Shavkat Mirziyoyevning Qozon shahriga amaliy tashrifi yakunlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozon shahriga tadbirlarga boy amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi.
Tashrif dasturi yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.
Oʻzbekiston Prezidenti “BRIKS plyus” sammitining yalpi majlisida barqaror taraqqiyot yoʻlidagi umumiy maqsadlarga erishishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammit doirasida davlatimiz rahbarining Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Fam Min Tin, Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov, Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef, “Sberbank” boshqaruvi raisi German Gref bilan uchrashuv va muzokaralari boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Oʻzbekiston va Tatariston oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun Tatariston Respublikasining davlat mukofoti - “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring