Shavkat Mirziyoyev yangi Hukumatning Qonunchilik palatasi bilan yanada samarali hamkorlik olib borishiga umid bildirdi
Prezidentimiz aytilgan dolzarb vazifalarni bajarishda yangi Hukumatning Qonunchilik palatasi bilan yanada samarali hamkorlik olib borishi muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Shu nuqtayi nazardan Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Avvalambor, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini odamlarga yanada yaqinlashtirish lozim.
Prezident xalq davlat idoralariga emas, aksincha, davlat tashkilotlari xalqqa, uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilishi zarur, degan talab barcha rahbar kadrlar faoliyatining asosiy mezoni ekanini eslatdi.
Qonun qabul qilindimi, u albatta ishlashi, odamlar hayotida sezilarli oʻzgarish qilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Qonunlar ijrosi Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitasi va masʼul ijro etuvchi organ bilan birgalikda oʻrganib borilishi muhim ahamiyatga ega.
Prezident taʼkidlaganidek, ijro etuvchi hokimiyat organlari qarorlar qabul qilishda qonuniylikni, ularning asoslangan boʻlishini taʼminlashi lozim.
Keyingi vaqtda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik bilan maslahat qilishda qonunlarimizda belgilangan talablarga hamisha ham rioya etilmayotganiga eʼtiroz bildirildi.
Adliya vazirligiga bir oy muddatda bu masala boʻyicha takliflarni Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitasi bilan birga muhokama qilish va Hukumatga kiritish topshirildi.
Hukumatning qonunchilik tashabbusi bilan Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari sifatini oshirish ham dolzarb masala boʻlib turibdi.
“Davrning oʻtkir talablariga javob beradigan, sifatli, amaliyotda samarali ishlaydigan qonunlarni qabul qilish Oliy Majlisning eng muhim vazifasi, kerak boʻlsa, uning obroʻsidir. Bu borada taniqli xitoy faylasufi Shan Yanning «Yaxshi qonun – xalqqa hurmat ifodasidir”, degan soʻzlarini eslash oʻrinli, deb oʻylayman. Har bir qonunda shunday hurmat namoyon boʻlishi kerak. 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil boʻlsin, xalqimizga xizmat qilsin», dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring