Shavkat Mirziyoyev yangi Hukumat uchun jiddiy sinov boʻlishi mumkin boʻlgan masalalarga toʻxtaldi
Prezident jahon miqyosida hukm surayotgan bugungi oʻta keskin va ogʻir sharoitda yurtimizda tinchlik va hamjihatlikni saqlab, iqtisodiyotimizda barqaror oʻsishni taʼminlab, mana shunday marralarga erishish oson boʻlmaganini taʼkidladi.
Kelgusi 5-yilda aholimiz soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda. Bunday demografik oʻsish, albatta, katta imkoniyat, lekin, shu bilan birga bu holat oldimizga yangi-yangi, oʻtkir vazifalarni qoʻyishi ham shubhasiz.
Ayniqsa, kambagʻallikni qisqartirish, ekologiya, energetika, transport, yoʻl, ichimlik suvi taʼminoti, aholini uy-joy bilan taʼminlash kabi muhim sohalarda xalqimizning talab va ehtiyojlari tobora oʻsib borayotgani taʼkidlandi.
Shunday dolzarb muammolarga samarali yechimlar topib, yangicha faoliyat olib borish Hukumat uchun jiddiy sinov boʻlishi tabiiy.
Bugun Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod ana shu masalalarning barchasini hisobga olib, ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan oʻz dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring