Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Nokerguli Ataguliyevni qabul qildi.

20:30 10 Iyun 2025 Siyosat
146 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Nokerguli Ataguliyevni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, energetika, suv xoʻjaligi sohalarida keng koʻlamli hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak Hududlar forumi hamda qator qoʻshma ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish muhim ekani taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер