Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyib Erdoʻgʻon bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan 30-mart kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas boʻlgan Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Davlat rahbarlari qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Barcha darajalarda faol muloqotlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qoʻshma loyiha va korxonalar soni, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar koʻpaymoqda.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining boʻlajak navbatdagi yigʻilishi va Turkiy davlatlar tashkilotining rejadagi sammitiga tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekistonda boʻlajak Hukumatlararo komissiya yigʻilishi va qoʻshma biznes forumini, shuningdek, Turkiya Buyuk millat majlisi delegatsiyasining Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining 150-sessiyasida ishtirok etish uchun tashrifini samarali oʻtkazish muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring