Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi
Arxiv surat
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng joriy etish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi sharoitida professional burchini sidqidildan ado etib kelayotgani, chuqur bilim va yuqori malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash yoʻlidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Yusupov Azamat Farxadovich - Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Abdullayeva Ibodat Babajanovna - Navoiy shahri markaziy shifoxonasining terapiya boʻlimi mudiri, Navoiy viloyati
Abralov Xakimjon Kabuldjanovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar tugʻma yurak nuqsonlari xirurgiyasi boʻlimi mudiri
Xudoyberdiyeva Mexrinisa - Piskent tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi akusher-ginekologi, Toshkent viloyati
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Maxkamov Moxir Ergashevich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining maslahat poliklinikasi shifokori
Nurmatova Shoira Oktyabrevna - U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab shifoxonasi bosh shifokori
Pardayeva Minavara Djalilovna - Surxondaryo viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya-anesteziologiya boʻlimi shifokori
Raximova Sharapat Salixovna - Toshkent shahri bolalar ftiziatriya sihatgohi bosh shifokori
Ruzmetova Gularom - Xonqa tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi bolalar shifokori, Xorazm viloyati
Teshabayev Azimjon Xakimovich - Andijon tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasi mudiri, Andijon viloyati
Teshabayeva Sroya Nazirovna - Sirdaryo viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining neonatologiya boʻlimi mudiri
Toshev Egamberdi - Qashqadaryo viloyati ftiziatriya shifoxonasining jarrohlik boʻlimi jarrohi
Yusupova Nasiba Avazovna - Gʻuzor tumanidagi 44-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Qashqadaryo viloyati
I darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Abduraximov Shamshiddin Komilovich - Pop tumanidagi “Madadim Sino” xususiy nevrologiya shifoxonasi rahbari, Namangan viloyati
Azimova Saboxat Burxonovna - Mirzachoʻl tumanidagi “Ibn Sino izdoshi” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Amirkulov Baxtiyor Djumayevich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi elektrofiziologiya tekshiruvi va yurak aritmiyasining murakkab turlarini jarrohlik yoʻli bilan davolash boʻlimi jarrohi
Muxtarov Shuxrat Tursunovich - Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Yuldashev Rustam Shavkatovich - Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Abduraxmanov Shuxrat Mansurovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali xirurgiya boʻlimi mudiri
Akbarov Shuxrat Umaraliyevich - Fargʻona tumanidagi 65-oilaviy poliklinikasi mudiri, Fargʻona viloyati
Akramova Frangiza Qodir qizi - Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati direktori
Alidjanov Nazrulla Abdulbariyevich - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi koʻp tarmoqli klinikasi urologiya boʻlimi mudiri
Aripova Nazokat Boxodirovna - Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining onkogematologiya boʻlimi mudiri
Baltabayeva Sharban Djanabayevna - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus harbiy gospitali terapiya boʻlinmasi shifokori
Burixodjayeva Surayyoxan Matlabxodjayevna - Toshkent shahridagi “M.Fedorovich klinik sanatoriysi” masʼuliyati cheklangan jamiyatibosh shifokori
Yegitov Aziz Muratovich - Uchkoʻprik tumanidagi “Yigitov Clinic” xususiy shifoxonasi rahbari, Fargʻona viloyati
Qosimov Latif Shavkatovich - Oqqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi mudiri, Toshkent viloyati
Mansurov Shoxrux Karimovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali kardioreanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi
Matkarimov Zoxidjon Turdaliyevich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jarroh-transplantologi
Miryunusov Mirnasir - Tibbiyot bosh boshqarmasining “Qibray” klinik sanatoriysi direktori
Nishonov Faxriddin Sayfullayevich - Zomin tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi mudiri, Jizzax viloyati
Odilova Barno Toʻlkunovna - Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori
Pulatova Ruqiya Ravshanovna - Navbahor tumanidagi “Dul-dul” oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Navoiy viloyati
Sabirov Dilmurat Suyunovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar anesteziologiya va xirurgik reanimatsiya boʻlimi mudiri
Tursunova Diloram Alimovna - Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining vaksinalar va immunoprofilaktika boʻlimi mudiri
Xamidova Rakiya Akbaraliyevna - Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimi shifokori
Xashimova Djamilya Xabibovna - Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining sud-gistologiya boʻlimi mudiri
Xodjayev Abduvaxid Valiyevich - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yetakchi ilmiy xodimi
Haqqulov Erkin Bekmurzayevich - Yunusobod tumanidagi “Yunusobod Medical” xususiy klinikasi bolalar jarrohi, Toshkent shahri
Sharipova Feruza Babadjanovna - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali poliklinikasi onkoginekologi
Shodiyeva Yulduz Xudoyberdiyevna - Qarshi shahridagi “Dilshifo maskani” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati
Ergashev Baxtiyor Berdaliyevich - Respublika perinatal markazining neonatal xirurgiya markazi rahbari
Eshboyev Abdulhakim Toʻlaganovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo filiali direktori
“Doʻstlik” ordeni bilan
Abbasova Gulnoz Isayevna - Guliston shahridagi 4-oilaviy poliklinikasi mudiri, Sirdaryo viloyati
Israilova Ashurxon Xakimovna - Quvasoy shahri koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri oʻrinbosari, Fargʻona viloyati
Qudratov Fayzullo - Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasining Shargʻun hududiy boʻlimi boshligʻi, Surxondaryo viloyati
Mamadaliyev Abduraxmon Mamatkulovich - Samarqand davlat tibbiyot institutining neyroxirurgiya kafedrasi mudiri
Mambetmuratov Keunimjay - Kegeyli tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya boʻlimi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Oderiy Yelena Vasilyevna - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy poliklinikasi jarrohi
Surayeva Marina Nikolayevna - Mirobod tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasining terapiya boʻlimi mudiri, Toshkent shahri
Soy Yelena Sergeyevna - Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mutaxassisi
“Sogʻlom turmush” medali bilan
Baymurzayeva Bibijamal Bekbergenovna - Chimboy tumanidagi 56-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Bobodjonov Baxrom Abdurasulovich - Bekobod tumanidagi 3-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Toshkent viloyati
Yorkulov Inatulla Eshmurzayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism tibbiyot punkti feldsheri
Qayumova Dilbarxon Gʻafarovna - Uychi tumanidagi “Axsi” oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Namangan viloyati
Mansurova Muyassar Bayramovna - Qorakoʻl tumanidagi 53-oilaviy poliklinikasi mudiri, Buxoro viloyati
Ruzibayev Rashid Yusupovich - Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali direktori, Xorazm viloyati
Tilaganova Lolaxon Akbaraliyevna - Yunusobod tumanidagi 51-oilaviy poliklinikasining umumiy amaliyot boʻlimi mudiri, Toshkent shahri
“Shuhrat” medali bilan
Axunjanova Saida Sadikaliyevna - Mingbuloq tumanidagi “Doʻmsa” oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Namangan viloyati
Ashurov Begmat Umirovich - Oqdaryo tumanidagi “Oqdaryo tabobati” xususiy shifoxonasi bosh shifokori, Samarqand viloyati
Bakirov Bekmurod Dilmurodovich - Boʻston tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi jarrohi, Andijon viloyati
Bekova Nigara Tagripovna - Yuqori Chirchiq tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent viloyati
Gʻaniyeva Umida Abubakirovna - Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi katta hamshirasi, Fargʻona viloyati
Davlatov Vaxobjon Xudoynazarovich - Zarafshon shahridagi “Vahob Denta Lyuks” xususiy klinikasi direktori, Navoiy viloyati
Daminov Bekzod Nuriddinovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali xirurgiya boʻlimi shifokori, Jizzax viloyati
Ibragimov Razzak Umurzakovich - Nurobod tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimi mudiri, Samarqand viloyati
Ibraximov Moʻmin Xasanovich - Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasining koʻchma brigadasi shifokori
Kalimbetov Nzamatdin Sharapovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpogʻiston filiali tez tibbiy yordam boʻlimi bosh feldsheri
Kamilova Rano Abbasovna - Toshkent shahridagi “M.Fedorovich klinik sanatoriysi” masʼuliyati cheklangan jamiyatibosh hamshirasi
Mamatkulov Baxtiyar Saparovich - Boyovut tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi, Sirdaryo viloyati
Meliqulov Alisher Almardonovich - Toshkent shahridagi “Akfa Medline” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kardioxirurgiya boʻlimi boshligʻi
Mirzaraximova Zulfiya Xusanxodjayevna - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokor-endokrinologi
Oltiyev Nodirjon Avliyoqulovich - Olot tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi mudiri, Buxoro viloyati
Ochildiyeva Zebiniso Boboraxmatovna - Denov tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi katta hamshirasi, Surxondaryo viloyati
Radjamatova Maxfuza Mamasaliyevna - Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasining reanimatsiya boʻlimi katta hamshirasi
Raximova Saodat Daminovna - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali kardioreanimatsiya boʻlimi mudiri
Sodiqova Marxamat Xazratqulovna - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali hamshirasi
Temirov Farxod Turopovich - Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi anesteziolog-reanimatologi
Xudayberganova Zuxra Oktamovna - Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh hamshirasi
Xudoyarova Manzuraxon - Izboskan tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Andijon viloyati
Eshankulova Matluba Taxirovna - Navoiy viloyati nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi shifokori
Yakubov Akmal Abdusamatovich - Toshkent shahridagi “Heart Team Clinic” masʼuliyati cheklangan jamiyati kardiologi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring