Shavkat Mirziyoyev Tatariston Prezidenti boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.
Mamlakatimiz hududlarining Tatariston bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini yana-da kengaytirishning amaliy jihatlari Toshkent viloyati misolida koʻrib chiqildi.
Ustuvor yoʻnalishlarda kooperatsiya boʻyicha qoʻshma loyiha va dasturlarni samarali ilgari surish uchun keng imkoniyatlar mavjud ekani alohida taʼkidlandi. Bugun boʻlib oʻtgan ikki tomonlama ishbilarmonlar forumining samarali natijalari ham buni yana bir bor tasdiqladi.
Qoʻshma industrial park tashkil etish, kimyoviy, metall, elektrotexnika mahsulotlari va turli uskunalar, qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologik korxonalar barpo etish, qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, raqamlashtirish va innovatsion yechimlarni joriy qilish loyihalari shular jumlasidan.
Uchrashuvda talab yuqori boʻlgan sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻzaro yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida keng savdo-logistika tarmogʻini rivojlantirish zarurligi qayd etildi.
Bundan tashqari, shaharsozlik, uy-joy kommunal xoʻjalik va obodonlashtirish sohasini boshqarish, transport kommunikatsiyalari va infratuzilmasini takomillashtirish borasida hamkorlik qilish va shu sohalardagi ilgʻor texnologiyalarni oʻrganish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar va taʼlim sohalaridagi faol almashinuvlar ham davom ettiriladi.
Uchrashuv yakunida qoʻshma “yoʻl xarita”lari asosida muhim yoʻnalishlar boʻyicha amaliy sheriklik loyihalarini ilgari surish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring