Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonda boʻlib qaytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 8-sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Qozogʻiston poytaxtiga bordi.
Ostona xalqaro aeroportida Oʻzbekiston rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida V Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

“Ostona arena”da boʻlib oʻtgan tadbirda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tatariston Raisi Rustam Minnixanov va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi.

Musobaqada dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ortiq sportchi, jumladan, Oʻzbekiston vakillari ishtirok etmoqda. Hamyurtlarimiz kurash, alish, arqon tortish, kamondan oʻq otish, poyga, pahlavonlar bellashuvi kabi yoʻnalishlarda kuch sinashadi.


Ishtirokchilarga koʻchmanchi xalqlarning boy madaniyati va tarixi, anʼana va urf-odatlariga bagʻishlangan teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.

Marosimdan soʻng davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi. Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozogʻistonning Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qoʻydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring