Shavkat Mirziyoyev OIIB prezidenti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szou Szyai boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida mamlakatimiz yetakchisi ushbu nufuzli koʻp tomonlama moliyaviy institut rahbarini lavozimga kirishgani bilan samimiy tabrikladi.
Oʻzbekistonning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan strategik sherikligini kengaytirishning amaliy masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Soʻnggi yillarda bank bilan koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Amaldagi va istiqbolli qoʻshma loyihalar portfeli 7 milliard dollardan oshdi. Oʻtgan yilning oʻzida moliyalashtirish hajmi 1 milliard dollardan ziyodni tashkil etdi.
Oʻzbekiston Prezidenti xususiy sektor, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish va ilgari surish, kambagʻallikni qisqartirish dasturini amalga oshirishga koʻmaklashish, muqobil energetika, energiya samaradorligi, suv taʼminoti, ijtimoiy xizmatni rivojlantirish kabi ustuvor sohalarda samarali hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
OIIBning mintaqaviy ahamiyatga ega yirik infratuzilmaviy loyihalarda faol ishtirok etishi muhimligi taʼkidlandi.
Oʻz navbatida, Szou Szyai mamlakatimizdagi oʻzgarishlar koʻlamini yuqori baholab, Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring