Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi

21:08 06 Oktyabr 2024 Siyosat
307 0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Prezident 7—8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.

Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?