Shavkat Mirziyoyev Xitoy moliya vazirini qabul qildi

18:10 25 Sentyabr 2024 Siyosat
1009 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqand shahrida oʻtayotgan OIIB Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy moliya vaziri Lan Foanni qabul qildi.

Xitoy moliya vaziri davlatimiz rahbariga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Xitoyning yetakchi bank-moliya institutlari bilan sheriklikni mustahkamlash, ustuvor investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер