Shavkat Mirziyoyev ikkinchi marotaba qachon qasamyod qilishi maʼlum boʻldi

23:41 04 Noyabr 2021 Jamiyat
2251 0

Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi 6-noyabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Интерфакс.

Maʼlum qilishicha, inauguratsiya Toshkentda Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlisida boʻlib oʻtadi.

Xabarda aytilishicha, saylangan prezident bir vaqtning oʻzida qoʻlini Konstitutsiya va Qurʼonga qoʻyib qasamyod qilishi kerak boʻladi. Qasamyod qabul qilganidan soʻng Prezidentga shu yil oktyabr oyida taʼsis etilgan prezidentlik hokimiyatining oʻziga xos belgilari – koʻkrak nishoni va bayrogʻi ham topshiriladi.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 24-oktabr kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Prezidenti saylovining natijalariga koʻra, OʻzLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan gʻalaba qozongan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?