Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Kecha, 27-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, muloqotda Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqilgan.
Suhbat avvalida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning samimiy salomini yetkazdi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Faol siyosiy muloqot va almashinuvlar davom etmoqda, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror surʼatlar bilan oʻsmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchaymoqda.
Muntazam ravishda qoʻshma madaniy-gumanitar tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Suhbat chogʻida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring