Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xo‘jand shahriga kelgach, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari muborak Ramazon hayiti bilan bir-birlarini va birodar xalqlarimizni samimiy tabrikladilar.
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Sanoat, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Samarali hudulararo aloqalar va faol madaniy-gumanitar almashinuv yo‘lga qo‘yilgan.
Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishida amaliy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tezlashtirish choralari ishlab chiqilishi muhim ekani ta’kidlandi.
Yetakchilar mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan mamlakatimizda o‘tkaziladigan ko‘p tomonlama sammitlar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring