Shavkat Mirziyoyev: Deputat – bu xalq xizmatchisi, barchaga oʻrnak boʻladigan, siyosiy bilimi va ongi yuksak, oʻz Vatanini chin dildan sevadigan insondir!
Oʻttiz yetti milliondan ortiq aholiga ega boʻlgan Oʻzbekistondek katta davlatning parlamenti aʼzosi boʻlish, shubhasiz, har bir deputat uchun ulkan sharafdir, dedi Prezident.
Ayni vaqtda xalqimizning hurmat va eʼtiborini, orzu-umidlarini har kuni, har daqiqada his etib, ana shu yuksak ishonchga munosib mehnat qilish – beqiyos masʼuliyat.
“Deputat – bu xalq xizmatchisi, barchaga oʻrnak boʻladigan, siyosiy bilimi va ongi yuksak, oʻz Vatanini chin dildan sevadigan insondir.
Oila, mahalla va butun jamiyatda tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro maydonda Oʻzbekiston manfaatlarini qatʼiy himoya qilishda xalqimiz, barchamiz avvalo sizlarga tayanamiz.
Men Prezident sifatida sizlarni bu yoʻlda doimo qoʻllab-quvvatlashga tayyorman.
Ishonchim komil, barchamiz bir tanu bir jon boʻlib, sidqidildan mehnat qilib, jonajon Vatanimizni albatta tom maʼnoda erkin, obod va farovon mamlakatga aylantiramiz”, dedi Prezident nutqining yakunida.
Ayni paytda majlis davom etmoqda, deputatlar soʻzga chiqib, oʻz fikrlarini bildirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring