Shavkat Mirziyoyev BMT-Xabitat ijrochi direktorini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni Samarqand iqlim forumi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning aholi punktlari bo‘yicha dasturi (BMT-Xabitat) ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbaxni qabul qildi.
Urbanizatsiya sohasidagi yetakchi tuzilma rahbari Prezidentimizga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu nufuzli instituti bilan shaharlarni barqaror rivojlantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va aholi turmush sifatini oshirish borasida ko‘p qirrali sheriklikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
BMTning yuqori darajali vakili mamlakatimizda "aqlli" va "yashil" shaharlarni barqaror rivojlantirish, aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan urbanizatsiya sohasidagi islohotlarni ijobiy baholadi.
Shaharlarni boshqarishga zamonaviy raqamli yechimlarni joriy qilish, "yashil" qurilish standartlarini ishlab chiqish, shahar muhitida iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha maxsus dasturni ishga tushirish borasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekistonda Butunjahon tozalik kunini o‘tkazish va Toshkentda tashkilot ofisini ochish masalalari ko‘rib chiqildi. Amaliy hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring