Shavkat Mirziyoyev bir guruh davlat xizmatchilarini mukofotladi

20:49 29 Iyul 2025 Siyosat
759 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizdagi tub islohotlar va davlat dasturlari ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirish, Asaka tumanining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, o‘zining boy bilim va tajribasi, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyati bilan hududlar infratuzilmasini takomillashtirib, «Islohotlar shtabi» faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yganligi, xalqimiz manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, aholi tinchligi va farovonligini ta’minlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Do‘stlik» ordeni bilan

Mo‘minov Nasibulla Nabiyevich - Andijon viloyati Asaka tumani hokimi
 

«Jasorat» medali bilan

Mirzakarimov Akmaljon Dilmuradovich - Andijon viloyati Asaka tumani prokurori

Nazirov Shoxruxbek Xolmuxamedovich - Andijon viloyati Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Raximov Ilxomjon Gulamovich - Andijon viloyati Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i
 

«Shuhrat» medali bilan

Nabiyev Farxod Kabuljanovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер