Shavkat Mirziyoyev aholi va tadbirkorlar uchun gaz narxining keskin oshishiga yoʻl qoʻymaydigan qarorni qabul qildi
Oʻzbekistonda aholi uchun gaz narxining keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bir qator chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekistonga import qilinadigan tabiiy gazni realizatsiya qilish uchun aksiz soligʻi stavkasi nol foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz aksiz soligʻiga tortilmaydi hamda tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni Oʻzbekistonga olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib) huquqi beriladi.
Yana bir muhim jihat – hujjatda aholiga tabiiy va suyultirilgan gazni sotish tartibga solinadigan tariflar (narxlar) boʻyicha amalga oshirilishi bevosita belgilab qoʻyilgan. Agar ular aholiga sotib olish bahosidan (birinchi tannarx) past narxda sotilsa, soliqlar shu narxdan kelib chiqib hisoblab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring