Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov haqida hujjatli film yaratishni taklif qildi
Foto: president.uz
Qarshi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Sessiyada kosonlik faollar Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi respublika tanlovini tashkil etish taklifini bildirdi.
Prezident ushbu taklifni qoʻllab-quvvatlashini, lekin bu tanlovni avvalo viloyatda oʻtkazish keyin butun respublika boʻyicha namuna qilish lozimligini qayd etdi.
— Avvalo, bu taklif menga maʼqul. Lekin mening ham taklifim bor. Kinochilarimiz Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid alohida bir film ishlasin. Abdulla Oripov haqida bundan ham kino ishlasak arzimaydimi? U kishi bilan koʻp hamsuhbat boʻlganman. Bitta sheʼr yozish uchun oʻnta kitob oʻqirdi, — dedi Prezident. — Tahririyatlarga sheʼrini berib, oʻn martalab oʻzgartirib, maromiga yetkazardi. U kishining ishga, soʻzga masʼuliyati kuchli boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring