Shavkat Mirziyoyev Shakarjon Xoʻjaniyozovaning 70 yillik yubileyini Xorazm viloyatida keng nishonlashni taklif etdi
“Xorazm ahli hurmatini qozongan mashhur ayol rahbarlardan biri boʻlgan Shakarjon Xoʻjaniyozova 8-yil oldin olamdan oʻtgan edi. Men Shakarjon opani koʻp yillardan buyon juda yaxshi bilar edim. Har safar Xorazmga kelganimda samimiy muloqot qilardik. U inson el-yurt tashvishi, oʻz kasbiga sadoqat bilan yashadilar. Halol va fidokorona mehnatdan bir daqiqa ham toʻxtamadilar”, — dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari shu yil 12-iyun kuni Sh.Xoʻjaniyozovaning 70 yillik yubileyini Xorazm viloyatida keng nishonlashni taklif etdi.
Bogʻotdagi koʻchalardan biriga va oʻzi asos solgan badiiy gimnastika maktabiga Shakarjon Xoʻjaniyozova nomi beriladi.
Viloyatdagi faol xotin-qizlar oʻrtasida Xoʻjaniyozova nomidagi rahbar ayollar tanlovi oʻtkaziladi. Jasoratli va mehnatkash ayol sifatida Sh.Xoʻjaniyozovaning hayoti keng yoritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring