Sharqshunoslik instituti 140 ming dollarni nimaga sarflamoqchi?
Illyustrativ foto
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan eʼlon qilingan grant tanlovida “Xalqaro aloqalarning yangi bosqichida taʼlim sifatini oshirish va sinxron-tarjimonlarni tayyorlashda zamonaviy sharoitlarni yaratish” loyihasi bilan ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy kanalida xabar qilindi.
Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad Sharq tillari boʻyicha sinxron tarjimonlarni tayyorlash jarayonida taʼlim sifatini oshirish hamda mehnat bozorida sinxron tarjimonlarga boʻlgan talabni qondirishdan iborat.
140 ming AQSH dollariga teng moliyalashtirish hajmiga ega mazkur grant doirasida institutga sinxron tarjima uchun moʻljallangan maxsus texnik jihozlar sotib olinishi koʻzda tutilmoqda.
Loyiha Koreya Respublikasining nufuzli Xankuk chet tillari universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan eʼlon qilingan grantlar tanlovi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Jahon banki hamkorligidagi oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyiha doirasida amalga oshirilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring