Shaxmat: yoshlarimiz Qozog‘istondagi turnirda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

22:31 09 May 2025 Sport
149 0

Qozog‘istonda 8 — 14 yoshli bolalar o‘rtasida “Aralbay Muhambetov — 2025” xotira musobaqasi tashkil etildi. Mazkur bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shveysariya tizimi asosida standart yo‘nalishda o‘tkazilgan 9 turlik musobaqa yakunlariga ko‘ra, mamlakatimiz vakili Jahongir Nasimov 8 yoshgacha bo‘lganlar toifasida birinchi o‘rinni egallab, reytingiga 60 ochko qo‘shib oldi.

Bundan tashqari, Abdulboriy Abduvaliyev 14 yoshgacha bo‘lganlar orasida 2-o‘rinni, Nilufar Mahmudova 12 yoshgacha bo‘lganlar, Nigina Xudoyberdiyeva esa 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar toifasida faxrli 3-o‘rinni band etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер