Shaxmat va shashkada Oʻzbekistonning eng kuchli notariuslari aniqlandi
Foto: «Xalq soʻzi»
Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi kubogi uchun shaxmat-shashka turniri oʻtkazildi.
Unda mamlakatimizning 14 hududidan 14 nafar ayol notarius sportning shashka, 14 nafar erkak notarius esa shaxmat turi boʻyicha oʻzaro bellashdi.
– «Aql gimnastikasi» deyiladigan shaxmatni oʻynash har qanday kasb egasini chiniqtiradi. Notariuslar mana 4-yildirki har yili shaxmat boʻyicha musobaqalarda ishtirok etib kelmoqdalar, – deydi Notarial palataning Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Vohidjon Saatov. – Shu bilan birga bunday musobaqalar hududlarda mehnat qilayotgan hamkasblarni yaqinlashtiradi, ular oʻrtasida doʻstona munosabatlar oʻrnatiladi.
Besh soat davom etgan shaxmat turniri ham qizgʻin bahslarga boy kechdi. Shaxmat boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Alisher Abdinazarov birinchi, Urgut tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Furqatjon Xursandov ikkinchi, Fargʻona shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Davronbek Adhamov faxrli uchinchi oʻrinni egalladi.
Ayol notariuslar oʻrtasida shashka boʻyicha Rishton tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Zilolaxon Latipovaga teng keladigan raqib topilmadi. Ikkinchi oʻrin Nukus shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Aruxan Ametovaga nasib etdi. Yashnobod tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Yorqinoy Vapayeva uchinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.
– Shashka oʻynash kishiga qiyinchiliklarni yengish quvonchini, gʻalabadan faxrlanish tuygʻusini beradi, aql-zakovat darajasini oshiradi, – deydi notarius Zilolaxon Latipova. – Rosti, turnirda ishtirok etganimdan juda xursandman. Albatta, bu bellashuvlarda faxrli birinchi oʻrinni egallash oson boʻlmadi.
Tadbir yakunida gʻoliblarga Notarial palataning diplomlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring