Shaxmat: “Prezident kubogi” xalqaro turnirida kimlar peshqadamlik qilishmoqda?
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida start olgan shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirda 6-tur oʻyinlari ortda qoldi. Ushbu musobaqada dunyoning 9 ta davlatidan jami 104 nafar mohir shaxmatchilar dona surishmoqda.
“Prezident kubogi” xalqaro turnirida 27 nafar grossmeyster, 16 nafar xalqaro master, koʻplab FIDE ustasi hamda sport ustalari ishtirok etishmoqdaki, bu musobaqaning nufuzi yuqori ekanligini anglatadi.
6-tur oʻyinlaridan keyin musobaqada 4 nafar peshqadam ajralib chiqdi. Eʼtiborli jihati, ulardan ikki nafari hamyurtlarimizdir. Jumladan, Shamsiddin Vohidov oq donalarda ukrainalik Aleksandr Moisenko ustidan gʻalabaga erishdi va oʻz ochkolari sonini 5 taga yetkazib, peshqadamlar safidan joy oldi. Nodirbek Yoqubboyev esa qora donalarda boshqa bir ukrain shaxmatchisi Vitaliy Sivukni magʻlub etdi va u ham 5 ochko bilan peshqadamlar kvartetiga qoʻshildi.
Rossiyalik xalqaro grossmeyster Sanan Syugirov esa 6-turda AQSH sharafini himoya qilayotgan shaxmatchi Timur Gareyevni dogʻda qoldirib, qoʻshimcha koeffitsiyentlarga koʻra peshqadamlikni oʻz qoʻliga oldi. Shuningdek, ukrainalik Vitaliy Bernadskiy ham 6-turda amerikalik Xans Niyemann ustidan gʻalabaga qozonib, oʻz ochkolari sonini 5 taga yetkazib oldi.
Hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov rossiyalik Maksim Matlakov bilan durangga erishgan boʻlsa, hamyurtlarimiz orasida eng yuqori reytingga ega shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov FIDE ustasi, hamyurtimiz Muhiddin Madaminovni dogʻda qoldirdi. Ushbu natijalardan keyin Sindarov va Abdusattorovlar hisobidagi ochkolar soni 4,5 taga yetdi va ular peshqadamlarni taʼqib etishmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “Prezident kubogi” xalqaro turnirining umumiy sovrin jamgʻarmasi 120 000 AQSH dollarini tashkil etadi va bu mamlakatimiz shaxmati tarixida eng yuqori sovrin jamgʻarmasiga ega turnir sifatida tarixga kirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring