Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
● shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
● shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida Shaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qilish natijalari reyestri yaratiladi.
Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiyani shakllantirish tartibi va uning vazifalari;
- komissiyaga murojaat qilish shakli va tartibi;
- arizani koʻrib chiqish tartibi.
Ariza komissiya tomonidan kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Agar murojaatda koʻtarilgan masalalarni oʻrganish uchun boshqa tashkilot vakillarini jalb qilish, bevosita joyida oʻrganish, boshqa tegishli hujjatlar va materiallarni olish talab etilsa, uni koʻrib chiqish muddati yana 15 ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring