Shaharda barpo etilayotgan yangi loyihalar, uylar energiya manbalari, kommunikatsiya tarmoqlariga ortiqcha yuklama bermaydimi?

Foto: Tashkent City
Bugungi kunda Toshkent shahrida juda katta qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Misol tariqasida xususiy korxonalar tomonidan juda koʻplab yangi uylar qurilayotganini olishimiz mumkin. Urbanizatsiya jarayonida bu holatni tabiiy qabul qilish mumkin. Ammo ularning barchasi shahar uchun taqsimlangan energiya manbaidan, shahar kommunikatsiya tarmoqlariga (kanalizatsiya va boshqalar) ulanyapti. Bu albatta energetika manbalariga, kommunikatsiya tarmoqlariga qoʻshimcha yuklama keltirib. Chiqaradi. Lekin shu paytgacha oʻsha uy qurayotgan tashkilotlar qandaydir energetika taʼminoti obyektlar, yoki yangi kommunikatsiya tarmoqlari qurayotgani ili shunga pul ajratayotgani haqida xabar yoʻq. Bu qanchalik toʻgʻri? Kelgusida bunday qoʻshimcha yuklamalar sabab Toshkentda ham bu bu sohalarda muammolar paydo boʻlishi mumkinmi?
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashgan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari Tursun Ahmedovga shu savol bilan murojaat qildik.
“Har bir yangi loyiha amalga oshirilayotganda, loyihani asoslashda hududning suv quvvati, elektr-energiya quvvati, kanalizatsiya quvvati va boshqa kommunikatsiya tarmoqlarining imkoniyatlari qurilish boshlanishidan oldin eʼtiborga olinib keyin ish boshlanishi kerak. Agar yuqorida sanab oʻtilgan barcha jihatlarda quvvat yetmaydigan boʻlsa, bu shahar boʻyicha koʻrib chiqilishi kerak. Faqat Toshkent City miqyosida emas, butun shahar miqyosida. Agar bitta Cityʼga suv yetsada, ikkinchi Cityʼga kelganda muammo tugʻilsa, bu boʻlmaydi.
Buning uchun shaharning oʻzida infratuzilmalarni rivojlanish uchun maxsus sxemasi boʻlishi kerak. Unda Bugun yoki 2020 yilda emas, 2030-2040 yillarda Toshkentda ichimlik suvi taʼminoti qanday boʻladi, degan savolga javob boʻlishi kerak. Sxemada, agar yetmaydigan boʻlsa, qoʻshimcha suv chiqaruvchi stansiyalar, suvni filtrlaydigan qurilmalar qurilishi boʻyicha loyihalar boʻlishi kerak. Agar Toshkentda qurilayotgan har bir obyekt bu loyihaga tushmaydigan boʻlsa, unda yangi kanalizatsiya tarmogʻi, ichimlik suvini, elektr-energiyani qayerdan oladi? Shaharning umumiy manbaiga ortiqcha yuklama tushadi albatta.
Men bugungi kundagi qurilayotgan loyihalar bilan toʻliq tanishmaganman, shuning uchun ularning bu borada rejalari haqida javob bera olmayman, lekin qaytarib aytishim mumkin. Qurilayotgan har bir obyekt, har bir loyiha uchun uning kelajakdagi taʼminoti uchun chizmasi boʻlishi kerak. Yoki shahar hokimligi 10-20 yildan keyin ham loyiha boʻyicha kafolat berishi kerak, masalan: biror loyiha qurilayotgan yerda 10 yildan keyin ham barcha kommunikatsiya tarmoqlari elektr-energiya bilan taʼminlanadi”, deya gapirib oʻtdi Ahmedov “Xalq soʻzi“ muxbiri bilan suhbatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring