Seuldan Toshkentga muntazam havo qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi
Janubiy Koreyaning “Tʼway Air” aviakompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻymoqda. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
“Uzbekistan Airports" kompaniyasi maʼlumotiga koʻra, Janubiy Koreyaning «Tʼway Air” aviakompaniyasi Seul-Toshkent-Seul yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Taʼkidlanishicha, mazkur yoʻnalishdagi ilk parvoz joriy yilning 23-may kuniga belgilangan.
Taʼkidlanishicha, ushbu yoʻnalishdagi parvozlar haftasiga toʻrt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari “Boeing 777-300” va “Airbus A330-300” samolyotlarida amalga oshirilishi belgilangan.
Maʼlumot uchun, “Tʼway Air” aviakompaniyasi 2010-yilda tashkil etilgan boʻlib, bosh qarorgohi Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Xitoy aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni koʻpaytirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik. Unga koʻra, “Uzbekistan Airports” va “China Southern Airlines” kompaniyasi oʻrtasida Xitoydan Oʻzbekistonga parvozlarni koʻpaytirish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtgan.
Hozirda “China Southern Airlines” aviakompaniyasi Toshkentdan Pekinga (haftasiga 4-marta) va Toshkentdan Urumchiga (haftasiga 5-marta) parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring