Serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi

18:28 14 Aprel 2025 Jamiyat
232 0

Bojxona institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida bojxona xizmatiga qabul qilingan hamda boshlang‘ich tayyorgarlik kursini tamomlagan bir guruh serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari O.Choriyev, O‘zbekiston bojxona xizmati faxriylari, Bojxona organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, tegishli mas’ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda bojxona organlariga bilimli va malakali kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, yosh xodimlar esa bunga javoban kelgusida yetuk kadr bo‘lib yetishishlari hamda kasbiga sadoqat bilan korrupsiyaga murosasiz kayfiyatda bo‘lishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir yakunida bo‘lajak ofitserlar harbiy orkestr jo‘rligida tantanali ravishda saf tortib o‘tishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?