Sergelidagi korxonalardan birida yongʻin sodir boʻldi

11:51 20 Iyul 2025 Jamiyat
255 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida joylashgan korxonalardan birida yongʻin sodir boʻlayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, 20-iyul kuni soat 11:03 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Beruniy koʻchasida joylashgan plastik mahsulotlar ishlab chiqarish korxonasida yongʻin sodir boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaatga asosan yongʻin-qutqaruv guruhi, maxsus aytilgan manzilga soat 11:09 da yetib borgan va 11:36 da yongʻin qurshab olinib, soat 11:45 da toʻliq oʻchirilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mazkur yongʻin oqibatida tan-jarohati olganlar aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер