Sergelidagi bogʻchada 2 yoshli bola kaltaklandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Sergeli tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasida bola kaltaklanishi va natijada uning oyogʻi sinishi haqidagi video keng muhokamalarga sabab boʻldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.
Aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, 22-yanvar kuni bogʻchaning tarbiyachi yordamchisi Y.M. (1997-yilda tugʻilgan) xarxasha qilayotgan ikki yoshli S.A. ismli bolani tinchlantirish maqsadida qoʻpol harakat qilgan. U bolaning boshiga urib, keyin boshqa xonaga olib chiqayotganda qoqilib yiqilgan. Yiqilish natijasida bolaning chap oyogʻi singanligi aniqlangan.
Bogʻcha maʼmuriyati dastlab bolaning ota-onasiga farzandi oʻzi yiqilib, chap oyogʻi singani haqida maʼlumot bergan. Bola Sergeli tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilib, unga “chap oyoq son suyugi singanligi” tashxisi qoʻyilgan. Voqeadan xabardor boʻlgan ota-ona kuzatuv kameralari yozuvlarini koʻrsatishni talab qilgan.
Hozirgi vaqtda Sergeli tumani Ichki ishlar boʻlimi va Favqulodda holatlar boʻlimi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonda barcha zarur hujjatlar va dalillar toʻplanib, tegishli xulosalar chiqarilishi kutilyapti.
Bolalar ombudsmani ushbu hodisani sinchkovlik bilan nazorat qilayotganini bildirgan. Bu kabi holatlarning oldini olish uchun tarbiyachilar va bogʻcha xodimlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi yana bir bor kun tartibiga chiqdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring