Sergelida qariyb 50 million soʻmlik elektron tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi

13:05 13 Iyun 2025 Jamiyat
178 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlanishicha, “N.t.” MCHJga qarashli savdo doʻkonida sotuvchi Z.I. xaridorga 2 dona elektron tamaki mahsulotini 800 ming soʻmga sotganligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu savdo doʻkonidan tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 41,9 million soʻmlik 263 dona elektron tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер