Senatorlar umumxalq hasharida faol ishtirok etdi
Yurtimizda har yili mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlovchi Navroʻz umumxalq bayrami arafasida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari keng koʻlamda olib boriladi.
Ana shu ezgu anʼanalar doirasida Oliy Majlis Senati aʼzolari, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti Kengashi ijroiya qoʻmitasi xodimlari hamda Ekoharakat faollari ishtirokida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 26-sonli umumtaʼlim maktabi hududida umumxalq hashari tashkil etildi.
Hashar davomida maktab hududi atrofi tozalanib, tartibga keltirildi, sanitariya holati yaxshilandi. Shuningdek, maktab hududiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Shu bilan birga, oʻquvchilarni tabiat, oʻsimlik va hayvonot olamini asrashga undovchi, ularga munosabati hamda mehrini oshiruvchi, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish koʻnikmalarini shakllantiruvchi loyiha bilan tanishildi.
Ishtirokchilar mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok etish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini alohida taʼkidlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring