Senatorlar tomonidan ma’qullangan qonunga ko‘ra Soliq hamda Bojxona kodekslariga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning 59-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlarining texnik vositalarini respublika hududiga olib kirishda telekommunikatsiyalar operatorlariga soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga muvofiq endilikda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan respublika hududiga olib kiriladigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari soliq solishdan ozod qilinadi va mazkur texnik vositalar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.
Bundan tashqari, Bojxona kodeksiga yuqorida ko‘rsatilgan texnik vositalarni bojxona bojini to‘lashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Shuningdek, harbiy xizmatni nazarda tutuvchi boshqa idoralar harbiy yuklar bojxona rasmiylashtiruvida bojxona yig‘imini to‘lashdan ozod qilinmoqda.
Senatorlar ta’kidlaganidek, Qonun belgilangan soliq va bojxona imtiyozlaridan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlarining texnik vositalarini respublika hududiga olib kirishda foydalanish tartibini yanada takomillashtirishga hamda tezkor-qidiruv tadbirlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring