Senator Surxondaryo viloyatining qator tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazdi
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Abdulxakim Eshmuratov Surxondaryo viloyati Shoʻrchi va Denov tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazdi.
Fuqarolarni qabul qilish jarayonlarida aholining turli muammolari, talab va istaklari, fikr-mulohazalari eshitildi.
Murojaatlarning asosiy qismini ish bilan taʼminlash, ichimlik suvi tortish, kredit ajratish, transformator oʻrnatish, yoʻllarni taʼmirlash, davolanish bilan bogʻliq masalalar tashkil etdi.
18 nafar fuqaroning murojaati senatorning aralashuvi bilan joyida ijobiy hal qilindi. 10 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 4 nafar fuqaroga tibbiy yoʻllanma berildi, 2 nafar fuqaro davolanishga yotqizildi, kredit ajratilishi hamda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi taʼminlandi.
Senator tomonidan murojaatlarni toʻliq oʻrganib chiqish va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilish hamda muammolarni joylarning oʻzida hal etish borasida mutasaddi vazirlik va idoralar, hududlardagi masʼul rahbarlarga koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring