Senator respublika ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi

13:12 16 Mart 2026 Siyosat
126 0

Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Baxrom Abdullayev “Zamonaviy taʼlim tizimida innovatsion rivojlanish va yangi avlod malakalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi.

IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati tomonidan “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan anjumanda soha vakillari, olimlar va mutaxassislar qatnashdilar.

Tadbirda taʼlim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish, innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, taʼlim jarayonini raqamlashtirish, STEAM va fanlararo integratsiya asosida oʻquvchilarning zamonaviy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Anjuman doirasida senator IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati, oʻquv jarayoni va oʻquvchilar uchun tashkil etilgan toʻgarak mashgʻulotlari bilan ham tanishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzaro fikr almashib, taʼlim sifatini oshirish, innovatsion va raqamli texnologiyalarni taʼlim jarayoniga keng joriy etish yuzasidan takliflar bildirdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?