Senatning qirq toʻqqizinchi yalpi majlisini 19-yanvar kuni boʻlib oʻtadi

21:49 18 Yanvar 2024 Siyosat
356 0

Foto: senat.uz

2024-yil 18-yanvar kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Unda Senatning qirq toʻqqizinchi yalpi majlisini 2024-yil 19-yanvar kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Taʼkidlanganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

“Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, yalpi majlisda senatorlar tomonidan “Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunlar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlarni ham koʻrib chiqish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Tehron, 2023-yil 18-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Vetnam Sotsialistik Respublikasi oʻrtasida jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xanoy, 2022-yil 14-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar ham muhokama qilinadi.

Senatorlar Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi masalani koʻrib chiqadi.

Yalpi majlisda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axboroti ham eshitiladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yaylovlar degradatsiyasining oziq-ovqat xavfsizligiga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda atrof muhitga salbiy taʼsiri yuzasidan parlament soʻrovini yuborish masalasi ham muhokama etish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер