Senatning 52-yalpi majlisi 18-may kuni oʻtkaziladi

17:47 17 May 2024 Siyosat
270 0

Bugun, 17-may kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Unda Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisini 2024-yil 18-may kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Taʼkidlanganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2271-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi, “Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Baholash faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, navbatdagi yalpi majlis kun tartibidan “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2201-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qonunlar ham oʻrin olgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro hujjatlarga qoʻshilishi hamda ularni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlarni ham muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Navbatdagi yalpi majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazi direktorining Oʻzbekistonda inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati toʻgʻrisidagi axboroti hamda Vazirlar Mahkamasiga yaylovlar degradatsiyasining oziq-ovqat xavfsizligiga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda atrof muhitga salbiy taʼsiri yuzasidan yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер