Senatga yangi rais saylandi
Bugun, 21-iyun kuni Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Senatning yangi Raisi saylandi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ muxbiri Munisxon Karimova xabar bermoqda.
Shu kungacha Senatga raislik qilib kelgan Nigʻmatilla Yoʻldoshevning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan uning Senatdagi vakolati tugatildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Prezident Shavkat Mirziyoyevning taqdimnomasiga asosan Senat Raisi lavozimiga Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida ishlab kelgan Tanzila Kamalovna Norboyevaning nomzodi ilgari surildi. Koʻpchilik ovoz bilan Tanzila Norboyeva Senatning yangi Raisi etib saylandi.

Maʼlumot uchun, Tanzila Norboyeva 2016-yilning dekabridan boshlab Xotin-qizlar qoʻmitasiga rahbarlik qilib kelayotgandi. 2018-yilning 22-dekabr kuni u mazkur lavozimga yana besh yil muddatga qayta saylangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring