Senatda “Konstitutsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida “Konstitutsiya oyligi” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari, mahalliy Kengash deputatlari, mahalla raislari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida Senatning konstitutsiyaviy vakolatlari, qonun ijodkorligi jarayoni, qonunlarni koʻrib chiqish va maʼqullash tartibi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Ishtirokchilar Senat binosidagi yalpi majlislar zali, qoʻmita majlislari xonalari, kutubxona, muzey, Media-markaz faoliyati va ish jarayoni bilan tanishdilar.
Shuningdek, senatorlar Konstitutsiyaning yangi tahririda belgilangan asosiy tamoyillari, milliy qonunchilikni takomillashtirish yoʻnalishlari, parlament faoliyatining huquqiy asoslari boʻyicha maʼruzalar taqdim etishdi.
Muloqot jarayonida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga senator va mutaxassislardan javob oldilar.
“Ochiq eshiklar kuni” huquqshunoslar, yoshlar va jamoatchilik uchun Senat faoliyatini oʻrganish, davlat boshqaruvi va qonun ijodkorligi jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring