Senatda Germaniya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

16:53 31 Oktyabr 2025 Siyosat
252 0

Joriy yilning 31-oktyabr kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Abdulxakim Eshmuratov Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagining Huquqiy masalalar va isteʼmolchilar huquqini himoya qilish boʻyicha qoʻmitasi raisi Karsten Myuller boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Germaniya parlamentlari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya aʼzolariga soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, mamlakatda adolatli sud tizimini shakllantirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda xalqaro standartlarga muvofiq qonunchilikni takomillashtirish borasidagi ishlar taʼkidlab oʻtildi.

Oʻz navbatida, Karsten Myuller Germaniya parlamenti tomonidan huquqiy sohadagi qonunchilik tashabbuslari va isteʼmolchilar huquqini himoya qilish amaliyoti haqida maʼlumot berib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ochiqlik siyosatiga yuqori baho berdi.

Uchrashuv yakunlari yuzasidan parlamentlar oʻrtasidagi muloqotni muntazam davom ettirish, qoʻmitalar darajasida hamkorlikni kuchaytirish va qonun ijodkorligi sohasidagi ilgʻor tajribani oʻrganish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер