Senat Raisining Samarqand viloyatidagi uchrashuvlari yakunlandi
Joriy yilning 27-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Urgut tumanlarida boʻlib, mahalliy Kengash deputatlari, aholi vakillari, tadbirkorlar, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari, faxriylar, xotin-qizlar, oqsoqollar, oʻqituvchilar va talaba yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvlar davomida viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, mahallalardagi ish faoliyati, aholi turmush tarzi, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashilib, yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Jumladan, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari hamda Samarqand davlat universiteti Urgut filiali professor-oʻqituvchilari bilan oʻtgan muloqot chogʻida Konstitutsiyani yangilashga sezilgan ehtiyoj, soʻnggi yillarda butun jahon eʼtirofini qozongan islohotlarni ortga qaytmas qilib mustahkamlash maqsadida Bosh qomusimizga kiritilgan yangi normalar mohiyati haqida soʻz bordi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning barcha normalarida inson va uning qadrini ulugʻlash aks etganligi, xususan, “davlat-jamiyat-inson” tamoyilidan, “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga oʻtilgani yaqqol misol boʻlishi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartishlar toʻliq yurtdoshlarimizning taklif va mulohazalari inobatga olingan holda kiritilgani, ushbu jarayonlar xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar ekspertlari tomonidan eʼtirof etilayotgani aytib oʻtildi.
Oʻz navbatida, Senat Raisi uchrashuvlarda bosh Qomusimizda davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bogʻliq normalar kuchaytirilib, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha davlatning majburiyatlari, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib yashashini taʼminlash hisobga olinishi, kafolatlangan tibbiy yordam, davlat tomonidan taʼlimning barcha shakllariga eʼtibor qaratilishi va oʻqituvchining maqomi Konstitutsiya darajasida mustahkamlanayotganini taʼkidladi.
Bundan tashqari, davlatlarning doimiy doʻstlikka asoslangan munosabatini rivojlantirish hamda jahon va mintaqa darajasida tinchlikni taʼminlash xalqaro munosabatlarning dolzarb masalalaridan ekanligi inobatga olinib, shu maʼnoda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 18-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshirishi qatʼiy belgilanayotganligi va shu kabi yana bir qator muhim normalarga toʻxtalib oʻtildi.
Senat Raisi tashrif doirasida Samarqand shahridagi Charmgari MFYda boʻlib, mahalla beshligi, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar va imkoniyati cheklangan fuqarolar bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, T.Narbayeva tadbirkorlar, tibbiyot xodimlari bilan uchrashib, ular faoliyati bilan tanishdi, suhbatlar oʻtkazdi. Bundan tashqari, viloyat faollari, Milliy gvardiya vakillari bilan birga Samarqand tumanidagi “Kelajak vorislari” oilaviy bolalar uyiga borib, u yerda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yashash turmush-tarzi, taʼlim olishi borasidagi masalalar bilan yaqindan tanishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring