Senat Raisi Markaziy Osiyo mamlakatlari bolalar ombudsmanlari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Markaziy Osiyo mamlakatlari ombudsmanlarining birinchi xalqaro forumi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston bolalar ombudsmanlari, shuningdek Norvegiya, Xorvatiya hamda Yevropa bolalar ombudsmanlari tarmogʻi (ENOC)ga raislik qilayotgan Finlyandiya bolalar ombudsmanlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda bolalar huquqlarini himoya qilishning qonuniy asoslari va ushbu sohada parlament nazoratining samarali amalga oshirilishi alohida taʼkidlandi.
Ishtirokchilar Oʻzbekistonda bolalar huquqlarini taʼminlash boʻyicha yaratilgan mustahkam qonunchilik bazasini yuqori baholadi. Xususan, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunlar hamda mintaqada noyob sanalgan “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinganligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Mamlakatimizning bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha tajribasi, jumladan, parlamentda Bolalar huquqlari boʻyicha vakilning har yili bolalarning ahvoli hamda qonunchilik holati toʻgʻrisidagi hisobotini taqdim etishi boshqa davlatlar uchun namuna sifatida eʼtirof etildi.
Shuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik va ularning tavsiya qilgan choralar-tadbirlarni amalga oshirishda parlament, davlat va nodavlat tashkilotlarning faol ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring