Senat Raisi Buxoroda mahalliy Kengashlar deputatlari bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Buxoroga amaliy safari doirasida viloyat Kengashi deputatlari, tuman, shahar Kengashi kotibiyatlari mudirlari va doimiy komissiyalari raislari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda mahalliy Kengashlar faoliyati muhokama qilindi.
Xususan, mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishda deputatlik nazorati institutidan samarali foydalanish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan deputatlik nazoratini oʻrnatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Muloqot davomida joylarda aholi muammolarini “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda bartaraf etish boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan namunaviy tizimdan foydalanish zarurligi taʼkidlandi.
Jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar va loyihalarni manzilli oʻrganish hamda nazoratni amalga oshirish, aholi muammolarini bartaraf etish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv davomida mahalliy Kengash deputatlari bir qator tashabbuslarni ilgari surib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring