Senat Raisi BMT Aholishunoslik va rivojlanish boʻyicha jamgʻarmasining mintaqaviy direktori bilan uchrashdi

17:12 05 Noyabr 2022 Siyosat
1370 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

5-noyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik va rivojlanish boʻyicha jamgʻarmasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Florens Bauyer bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan mazkur jamgʻarma oʻrtasida reproduktiv salomatlik va huquqlarni mustahkamlash, erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash, aholi dinamikasi va rivojlanish oʻrtasidagi bogʻliqlik hamda oʻsmirlar va yoshlar bilan ishlash masalasidagi hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.

T.Narbayeva Oʻzbekiston BMTning gender tengligini taʼminlash, reproduktiv salomatlik, onalik va aholi salomatligini mustahkamlash, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha barcha asosiy tavsiyalarini izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirib kelayotganini taʼkidladi.

– Hozirda kun tartibidan belgilangan vazifalarni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish oʻrin olgan. Xususan, ildiz otgan stereotiplarni yoʻq qilish va jamiyatda gender tengligi haqida toʻgʻri tasavvurni shakllantirish boʻyicha barcha sohalarda ish olib borish zarur.

Gender zoʻravonlik oqibatlarini bartaraf etishdan koʻra uning yuzaga kelishining oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish juda muhimdir.

Va bu jarayonda xalqaro hamkorlar tajribasi, tashabbuslar va saʼy-harakatlarni birlashtirish, ushbu yoʻnalishdagi keyingi harakatlar uchun yagona strategiyani ishlab chiqish beqiyos ahamiyatga ega – deya, qayd etdi Senat Raisi.

Oʻz navbatida F.Bauyer, Oʻzbekistonda reproduktiv salomatlik va gender tengligini taʼminlash, aholishunoslik sohasida milliy salohiyatni oshirish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar jadal davom etayotganini alohida taʼkidladi.

Muloqot chogʻida, shuningdek, 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda BMT Aholi jamgʻarmasining Oʻzbekiston bilan hamkorligi boʻyicha fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер