Senat ishchi guruhi Sirdaryoda oʻrganish olib bordi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Senat ishchi guruhi Sirdaryo viloyatida oʻrganish ishlarini olib bordi. Dastlab xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi va uning kotibiyati faoliyati oʻrganildi.
Xususan, xalq vakillarining fuqarolar bilan bevosita muloqot orqali mahalla va oilalardagi muammolarni hal etishdagi oʻrni hamda tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlarining qonuniylikni, ijtimoiy adolatni taʼminlash va aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan faoliyati koʻrib chiqildi. Taʼkidlanganidek, deputatlarning fuqarolar bilan oʻrnatgan doimiy muloqoti murojaatlarni hal qilishga, mahallalardagi infratuzilmani yaxshilashga, taʼlim, tibbiyot va bandlik sohalaridagi muammolarni tahlil qilishga, joylarda muhim tashabbuslarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Oʻrganishlar koʻrsatganidek, mahalliy darajadagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish barobarida deputatlar masʼuliyati tobora oshib bormoqda, jamiyatdagi roli kuchaymoqda, deputatlik nazorati ishlari esa jamiyatga ham ijobiy taʼsirini namoyon etmoqda.
Senat ishchi guruhi tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatida kelgusida qaysi yoʻnalishlarda eʼtiborni kuchaytirish, aniq natijalarga erishish, fuqarolar ishonchini mustahkamlash borasida zarur tavsiyalar berildi va yangi vazifalar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring