Sel va suv toshqini xavfli hududlarda nazorat kuchaytirildi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati hamkorligida respublikamizning ko‘chkilar, sel oqimlari va toshqin suvlari xavfi mavjud tog‘li hamda tog‘oldi hududlarida jami 373 ta xo‘jalik aniqlangan. Xavfli hududlardagi 71 xo‘jalikni, ya’ni 320 nafarga yaqin fuqarolarni doimiy ko‘chirish yuzasidan ishlar tashkil etilmoqda.
Aholni suv toshqinlari va boshqa favqulodda vaziyatlarda tezkorlik bilan ogohlantirish maqsadida joylarda 105 ta nazorat-kuzatuv postlari tashkil etilib, zarur aloqa vositalari bilan ta’minlangan. Bu haqda FVV tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan “Xalq so‘zi” muxbiri Rahim Sherqulov ma’lum qilindi.
Ta’kidlanganidek, hukumat tomonidan hududlarni tabiiy ofatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun mablag‘lar ajratib kelinmoqda. Xususan, 2012 yilda ushbu yo‘nalishda 6 mlrd. 710 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, bu ko‘rsakich 2018 yilda 38 mlrd. 700 mln. so‘mni tashkil etmoqda.
Shuningdek, respublikamiz hududida sel-toshqin va yer ko‘chishi xavfi mavjud hududlarda yashovchi aholini keng jalb qilgan holda 53 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Ushbu o‘quv mashqlarida 637 ta texnika hamda 3230 mingdan ortiq fuqarolar qatnashdi.
O‘quv mashqlari davomida amalda 51,4 ming metr kub tuproq ishlari, 8,8 ming metr kub tosh ishlari, 121 metr kub qum-shag‘al ishlari bajarilib, 20,8 pogona kilometrdan ortiq masofadagi ichki ariq va magistral kanallar tozalandi.
Anjumanda, shuningdek, joriy yilda oromgohlarda, tog‘li va tog‘oldi hududlarda favqulodda vaziyatlarning, tabiiy ofatlarning oldini olish, aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, FVV xodimlari va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligi va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring