Savdo majmuasidagi holatga huquqiy baho berildi

11:39 26 Iyul 2024 Jamiyat
245 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati markazida joylashgan “Fargʻona shahar savdo majmuasi”da sodir boʻlgan janjal ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻldi.

Muxbirimiz ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Fargʻona viloyati boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻi Shavkat Akbarov bilan suhbatlashdi.

— Bu holat tezkorlik bilan oʻrganib chiqildi, — deydi Shavkat Akbarov. — Maʼlum boʻlishicha, mazkur holat joriy yilning 24-iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir boʻlgan. Bozor maʼmuriyati bilan tadbirkor oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, tadbirkorlar oʻziga belgilab berilgan hudud va doʻkonlarda savdo qilishi koʻrsatib oʻtilgan. Shunday boʻlsada, koʻplab tadbirkorlar bozor ichki yoʻlaklarigacha mahsulotlarini chiqarib sotish holatlari aniqlanmoqda.

Bozor maʼmuriyati bu xaridorlarni bemalol harakatlanishi, favqulodda holatlar kelib chiqishi mumkinligi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borayotganda tadbirkorlar oʻrtasida oʻzaro tushunmovchilik yuzaga kelgan. Aytish joiz, ushbu holatda tadbirkor, xaridor va Milliy gvardiya xodimlaridan hech kim hech qanday tan jarohati olgani yoʻq. Shunga qaramay, har bir holat boʻyicha belgilangan tartibda maʼmuriy ishlar olib borilmoqda.

Ayni paytda Milliy gvardiya xodimlari bozor hududida belgilangan tartibda xizmat faoliyatini olib bormoqda. Shu bilan birga, sotuvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilib, yongʻin xavfsizligi xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda harakatlanish uchun maxsus avtotransport mashinalariga yoʻlaklar ochildi. Oʻrganish ishlari yakunida har bir holatga huquqiy baho beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер