Saudiyada erining telefonidan uning ruxsatisiz foydalangan ayollar qamoqqa olinishi mumkin

Advokat Rim Ibrohim Saudiya Arabistonida ayol erining telefonini uning xabarisiz koʻrishi noqonuniyligi hamda qamoq yoki katta miqdordagi jarimaga sabab boʻlishini maʼlum qilgan.
Advokatga koʻra, ayol kishi erining telefonini xufiyona ochib koʻrishi zimdan tinglashga tenglashtiriladi, bu esa mamlakat qonunlariga zid.
Aybi boʻyniga qoʻyilgan ayol kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun asosida bir yilgacha qamalishi yoki 133 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Oʻz navbatida, yuridik maslahatchi Muhammad Al-Vahaybiyning aytishicha, agar xotin erining telefon PIN kodini bilsa, uni tekshirish qonuniy boʻladi. Bu uy kalitini kimgadir ishonib topshirish kabi ishlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring